IKKI JISM MASALASI

IKKI JISM MASALASI – butun olam tortishish qonunita muvofiq, bir- biriga bog’liq ikki jismning harakati haqidagi masala. Bunda moddiy nuqta deb hisoblanadigan shu jismlardan birining ikkinchisiga nisbatan harakati tekshiriladi. Ikki jismning o’zaro tortishishi natijasida biri ikkinchisiga nisbatan aylana, ellips, parabola yoki giperbola bo’ylab harakatlanadi. Yuqoridagi differentsial tenglamani integrallab, const ni hosil qilish mumkin. Demak, m ning M atrofida aylanish jarayonida uning radius-vektori vaqt birligida chizgan yuzasi o’zgarmaydi. Ikki jism masalasini echishda Kepler ning uchinchi qonuni keltirib chiqariladi. Ikki jism masalasi yechimlari osmon jismlarining harakatini taqribiy hisoblashda qo’llaniladi.