IKKI PARTIYALI TIZIM
IKKI PARTIYALI TIZIM — partiyaviy tizim ko’rinishi. U hokimiyat uchun kurash ikki yirik partiya o’rtasida kechishi va ularning hukmron hamda muxolif partiya sifatida o’rin almashinib turishi bilan ajralib turadi. Masalan, AQSHda – respublikachilar partiyasi bilan demokratlar partiyasi, Buyuk Britaniyada – konservatorlar partiyasi bilan 1920-yillargacha liberallar partiyasi, so’ngra esa uning o’rnini egallagan leyboristlar partiyasi. Ikki partiyaviy tizim yana boshqa partiyalar mavjudligini istisno qilmaydi, lekin kichik partiyalarning davlat boshqaruvida ishtiroki uchun imkon qoldirmaydi. Fransuz politologi J.L.Shabo turkumlashuviga ko’ra mukammal ikki partiyaviy tizim va nomukammal (ikki yarim) partiyaviy tizimlar ajratiladi.