Ikki taktli dvigatel

Ikki taktli dvigatel – ish tsikli porshenning ikki yurishida, ya’ni tirsakli valning bir marta aylanishi- da bajariladigan ichki yo’nuv dvigateli. Yonuvchi aralashmaning tayyorlanishiga qarab, karbyuratorli va dizel xillarga bo’linadi. Karbyuratorli I. t. D.da yonuv- chi aralashma kri-voshipli kameraga (un- dagi siyraklanish hisobiga) so’rilib, so’ngra tsilindrga haydaladi, dizel DVI- gatellarda esa tsilindrga yonilg’i Max- sus haydash nasoslari yordamida kiri- tiladi. Tsilindrlarda ish bajargan gaz klapanlar va alohida tuynuklar orqali chiqarib yuboriladi. Rasmda yonuvchi aralashma krivoship- li kamera orqali haydaladigan karbyura- torli dvigatelning tuzilishi va ishla- shi kursatilgan. Porshen pastki chek-ka nuqta (p.ch.n.) dan yukrrigi chekka nuqta (yu.ch.n.) ga harakatlanganda, da-stlab, haydash tuynugini, so’ngra chiqarish tuynugini berkitib, ish aralashmasini qisadi (rasm, a). Bu vaqtda karterda siy- raklanish hosil bo’lib, karbyuratordagi yonuvchi aralashma so’rish tuynugi orqali Karterga kiradi. Bunda qisish va so’rish takti bajariladi. Porshen yu.ch.n.ga yaqinlashganda elektr uchkuni ish aralash- masini yondiradi (rasm, b). Aralashma yonishi natijasida hosil bo’lgan yuqori bosimli gazlar porshenni pastga itara- Di. Porshenning harakati shatun (rasm, v) orqali tirsakli valga uzatiladi. Por- Shen p.ch.n.ga yaqinlashganda chiqarish tuynugi ochilib, tsilindr ichidagi gaz- lar atmosferaga chiqib ketadi. Bunda ish yo’li va chikarish takti bajariladi. Porshen pastga harakat qilib, Karter bo’shlig’idagi yonuvchi aralashmani qisadi va haydash tuynugini ochadi. Yonuvchi aralashma haydash tuynugi orqali TSI- lindrga kiradi va undagi ish bajargan gazlarni chiqarib, tsilindr bo’shlig’ini to’ldiradi. Nazariy jihatdan I. t. D. to’rt taktli dviga-telga qaraganda ikki marta ko’p quvvat berishi kerak; biroq ba’zi sabablar (gaz almashinuvining ta- komillashmagani, porshen ish yo’lining bir qismi yo’qolishi va b.)ga ko’ra uning quv-vatidan 70% gacha foydalaniladi. I. t. D.lar, asosan, Motosikllar, motorli qayiqlar, avtomobillar, traktorlar va b.da ishlatiladi.