IKKILIK KOD
IKKILIK KOD – elektron hisoblash mashinalari (EHM)da Arifmetik amallarni bajarishda shartli ravishda qabul qilingan sanoq sistemasi. EHM da 10 lik, 8 lik, 5 lik, 3 lik va 2 lik sanoq sistemalari qo’llaniladi. Ikkilik kodda eng kam belgi (0 va 1) ishlatilgani uchun EHMda asosan shu sistemadan foydalaniladi. Qulaylik uchun 10 lik sanoq sistemasi 2 lik sanoq sistemasiga aylantirib olinadi. Masalan, o’nlik sistemadagi 235 ikkilik sistemada 010011101 deb yoziladi.