Ikromiy Jalol
Ikromiy Jalol (1909, Buxoro -1993.11.4, Dushanba) — Tojikiston xalq yozuvchisi (1979), dramaturg. 20-y. larda Toshkent pedagogika intida ta’- lim olgan. Yozuvchi sifatida shakllani- shida Abdulla Qodiriyning ta’siri kuchli bo’lgan. Ilk asari “Registon- da tun” (1927) hikoyasidir. “Dushman” (1933) dramasi, “muhabbat urug’i” (1937) komediyasi, “o’q ilon” (1934), “Men gunohkorman” (1957) qissalarida tojik xalqining hayoti lavhalari, urf-odatlari ifodalangan. “Shodi” (1-2-qismlar, 1949) romanida Tojikistondagi jamoalashtirish dav- ri tasvirlangan. “Olov qizi” (1962) romani tojik ayollarining o’tmishdagi hayotiga bag’ishlangan. Buxoro amirligi- ning so’nggi davri haqidagi “Buxoroning o’n ikki darvozasi” (1969), “joni sabil quzg’unlar” (1979) romanlari muallifi. Ijodida o’zbek va tojik xalqlari orasidagi do’stlik mavzui alohida o’rin tutadi. Ko’pchilik asarlari o’zbek tili- da nashr qilingan. “Dushman”, “Zuhro”, “Ona qalbi” va b. pesalari respublika teatrlarida sahnalashtirilgan. As: men gunohkorman, T., 1963; olov qizi, T., 1964; Buxoroning o’n ikki dar- vozasi, T., 1971. Ad.: Husaynzoda Sh., Jalol Ikromi, Dushanbe, 1959.