Ikromjonov Akmaljon To’raevich

Ikromjonov Akmaljon To’raevich (1952.20.4, Toshkent) — rang- tasvir ustasi, O’zbekiston ba akad. (1997), O’zbekiston xalq rassomi (1998). Respublika rassomlik bilim yurtini tu-gatgan (1971), I. Repin nomidagi ras- somlik, haykaltaroshlik va me’morlik intida ta’lim olgan (1971-77). M. Uyg’ur nomidagi san’at in-ti (hoz. Mil- liy rassomlik va dizayn in-ti) da peda- Gog (1977-82); 1990 y.dan prof. I.ning dastlabki asarlarida mahobatlilik, ulug’vorlik ko’zga tashlanadi; 80-y.lar- ning 2-yarmidan rassom vatandoshlari qiyofasi va ruhiy dunyosini, tabiat va uning sahovatini, tarixiy shaxslar, ij- timoiy mavzularni milliy yorqin, o’ziga xos tarzda uyg’un ranglarda, umumlash- ma, ramziy cheksiz makonda tasvirlaydi: “Rassom Bahodir Jalolov” (1976), “Chin- giz Ahmarov portreti” (1980), “Surxon- Daryo zamini” (1985), “Rahimbobo”, “bo- domxon aya portreti” (1986), “Alisher Navoiy”, “Kamoliddin Behzod” (1988), “Bobirga bagishlov” (1990), “Mirzo Ulug’bek portreti” (1994), “mevali na- tyurmort”, “qumg’onli natyurmort” (1996) va b. “Moviy qo’shiq”, “Bahor”, “tog’dagi soy”, “na’matak guli” (1998-2002) manzaralari Toshkentdagi Oqsaroyni bezab turibdi. “Zamin navolari” trip- tixi (1988), “chaqmoq” (1989), “Orol — mening dardim” (1989-90) asarlari uchun Hamza nomidagi O’zbekiston dav- lat mukofotiga sazovor bo’lgan (1990). I. haqida “Akmal” telefilmi yaratil- gan (“O’zbektelefilm”, 1999). I. asar- lari b-n respublika va chet mamlakatlar ko’rgazmalarida qatnashadi. Asarlari ay- Rim respublika va xorijiy muzeylarda, shaxsiy to’plamlarda saqlanadi.