Ildiz

Ildiz (matematikada) — 1) sonning ildizi — a sonining ya-darajali ildizi — ya-darajasi a ga teng bo’lgan son. Ikkinchi darajali Ildiz, odatda, kvadrat Ildiz, uchinchi darajali Ildiz esa kub Ildiz deyiladi. Haqiqiy sonlar sohasida manfiy sondan olingan kvadrat Ildiz mavjud emas. Sonning manfiy bo’lmagan kvadrat ildizi shu sonning arifmetik ildizi deyiladi. 2) tenglamaning ildizi — i{x)—aoxf+ +a1x”~’ + … +ya4=0 ko’rinishidagi algebraik tenglamaning ildizi argumentining shu tenglamani qanoatlantiruvchi qiymati. t(x)=0 tenglamaning ildizi t(x) ko’phadning ildizi (yoki noli) deyiladi. Kompleks sonlar sohasida har qanday ko’phad kamida bitta Ildizga ega. Agar a soni t(x) ko’phadning ildizi bo’lsa, ko’phad (x—a) ga qoldiqsiz bo’linadi.