Ilgak

Ilgak — 1) ko’tarish mashinalarining yukni ilib ko’tarish uchun mo’ljallangan egik shoxli detali; yuklarni yoki yukni qamrash moslamalarini ko’tarish mashinalarining po’lat arqoni (kanat) ga yoki zanjirlarga ilishda foydanalaniladi. Yengil (75 kilogrammgacha) yukka mo’ljallangan. Ilgak bir yoki ikki shoxli bo’lib, po’latdan bolg’alab yoki quyib tayyorlanadi, og’ir yuklarni ko’tarish uchun alohida plastinkalardan yig’ib tayyorlanadigan Ilgaklar ishlatiladi; 2) transport mashinalariga tirkama (prisep) ni ulash uchun mo’ljallangan detal; masalan, traktorga tirkamani ulaydigan Ilgak; 3) eshik va derazalarni yopish uchun ishlatiladigan moslama; 4) kiyim-boshga qadaladigan moslama; 5) biror narsani ilib, osib qo’yish uchun xizmat qiladigan bir uchi kayrilgan moslama, ilmoq. Masalan, go’shtni, qaymoq solingan kosa chambaragini osib qo’yish uchun ishlatiladi. Bunday Ilgakni yog’ochdan ham qilish mumkin.