Ilg’or, ilg’a

Ilg’or, ilg’a (qadimgi turkcha tez harakatlanmoq, hujum qilmoq)-1) VI-VIII asrlarda turkiy xalqlarda qo’shinning old tomonida boruvchi harbiy qism, avangard. Ko’k Turk xoqonligi cherigida yizak, jizak, ilki su; qoraxoniylar, xorazmshohlar qo’shinida yazak, temuriylar, shayboniylar hamda so’nggi xonliklar armiyasida manglay, hiravul, taloya (toliy’a) kabi istiloh. Ilg’or ma’nosida iste’molda bo’lgan; 2) suvoriylarning qo’qqisdan uyushtirgan hujumi, o’lja olish maqsadida qilingan bosqin, g’orat ma’nosida eski o’zbek tilida keng qo’llanishda bo’lgan.