Ilhomov Anvar

Ilhomov Anvar (1946.20.8, tosh- kent) — naqqosh, O’zbekistonda xizmat kursatgan san’at arbobi (1983). P. Ben- kov nomidagi Respublika rassomlik bi- lim yurtida ta’lim olgan (1963— 68), ToshPI ning me’morlik f-tini tugatgan (1973). Toshkentdagi kulollik tajri- ba z-Di (1967-77), “Usto” birlashma- si (1977-80) da naqqosh, ijodiy guruh rahbari (1980 y. dan). I. zamonaviy bi- nolarni an’anaviy na-qshlar b-n bezash- da kulollik buyumlari, naqqoshlik, yog’och o’ymakorligi san’atining uyg’unligiga erishdi. Naq-qoshlikda unutilgan kun- dal usulini rivojlantirishga kata hissa qo’shdi. Naqshlar mujassamoti- da esa ranglarning bir-biriga mayin bog’lanishini ta’minladi. Toshkent- dagi xalqlar do’stligi saroyining banket zali (1980), “Dilorom” (1980), “Yulduz”, “Sirdaryo” qahvaxonalarini, To’qimachilar madaniyat saroyi (1987), Guliston sh. dagi Sirdaryo teatri (1985), Germaniyaning Ganover sh. dagi “Turki- ston” restorani (1992), Toshkentdagi “Turkiston” saroyi (1995), Temuriy- lar tarixi davlat muzeyi (1997), Imom Buxoriy majmuasi (1998), Quva sh. dagi Ahmad Farg’oniy majmuasi (1998) va b. binolarni bezadi. Kamoliddin Behzod nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureate (1997).