“ILIADA”
“ILIADA” (Ilias) — yunon epik dostoni. Gomer yozgan deb taxmin qilinadi. Aftidan, miloddan avvalgi 13-asrdagi Ilion, ya’ni Troya urushi haqidagi rivoyatlar asosida 9-8-asrlarda paydo bo’lgan. Gekzametr (musaddas) o’lchovida yozilgan (15700 misraga yaqin). “Iliada”ning bosh qahramoni — Axill. Buyuk yo’lboshchisi Agamemnon tomonidan haqoratlangan “Axillning qahri” Doston mavzuining asosini tashkil etadi. Unda yakkama-yakka qahramonona jang manzaralari, qamal qilingan Troyadagi hayot lavhalari, ma’budalarning Olimpdagi munozaralari mutoyibali tasvirlangan. Asar Qodir Mirmuhamedov tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan (1988).