ILLIRIY TILI
ILLIRIY TILI – miloddan avvalgi Za. da yashagan illiriylar yozma yodgorliklari tili. Hind-Yevropa tillari oilasiga mansub. Bu til haqida yozma yodgorliklarda saqlanib qolgan ko’pgina geografik nomlar, shaxs ismlari va glossalarga asosan, shuningdek, Apennin yarim oroli janubidan topilgan messap (bu yozuvni mutaxassislar Illiriy tili deb hisoblaydilar) yozuv yodgorliklari asosida ma’lumot beriladi. Shuningdek, qadimgi yunon, kelt, german va, ayniqsa, alban tillarida Illiriy tili unsurlari uchraydi.