ILLYUMINATOR

ILLYUMINATOR (lotincha illuminator -yoritqich) — yoritish va shamollatib turish maqsadida kema, suv osti kemasi, samolyot korpusiga ishlangan oynali tuynuk. Dumaloq va to’rt burchak, Ochilmaydigan va ochiladigan xillari bo’ladi. Ko’pincha, nam o’tkazmaydigan qilib yasaladi. Suv ostida ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladigan apparatlar, vertolyot, kosmik kema va boshqalardagi dumaloq tuynuk ham Illyuminator deb ataladi.