ILMENIT

ILMENIT, titanli temir-tosh (Uraldagi Ilmen tog’i nomidan) — mineral, kimyoviy formulasi FeTiO, FeOTiO,. Tarkibidabiroz magniy, ba’zan marganes xam bo’ladi. Trigonal Singoniyali, kristallari yo’g’on taxtachasimon, romboedrik, goho plastinkasimon. Rangi qoramtir, qora, kulrang. Qattiqligi 5-6. Zichligi 4,8 g/sm3. Asosli intruziv (gabbro, piro-ksenit, diabaz) va ishqorli jinslarda magnetit, cho’kindi jinslarda esa ko’pincha magnetit bilan birga uchraydi. Rossiyada Ilmen tog’larida (Janubiy Ural), Norvegiyada Egersunn-Sogndal yonidagi Telnes koni va Krageryo konlari bor. Titan olinadigan asosiy ruda. Aviatsiya sanoatida va po’latning alohida turini olishda ishlatiladi.