ILMIY ISHLANMALAR BOZORI
ILMIY ISHLANMALAR BOZORI -ilmiy-texnikaviy ishlanmalar va turli loyihalar oldi-sotdi qilinadigan bozor, bozorning yirik segmenti. I.i.b. tenderlar o’tkazish, kontraktlar tu-zish, grantlar tanlovini o’tkazish, yarmarka va ko’rgazmalar tashkil etish, yangili- klarni innovasiya firmalari va birja- lardan sotib olish shaklida yuz beradi. Bu bozorda sotuvchi sifatida un-tlar, i.t. muassasalari, konst-ruktorlik, tex- nologik, loyihalashtirish firmala- ri faoliyat ko’rsatadi. Ular o’zi ishlab chiqqan g’oyalar va lo-yihalarni taklif etadilar. Xaridor vazifasini esa tur- li i.ch. va xizmat ko’rsatish firmalari va davlat idoralari bajaradi. Sotuvchi va xaridorlar I.i.b.ning sub’ekti bo’lsa, ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni o’zida mujassam etgan patentlisenziya va nou- xaular uning ob’ekti hisoblanadi. Ish- lanmalar butunlay sotilganda egasining intellektual mulkidan xaridor mulkiga aylanadi. Ular qisman sotilganda mul- kiy egalik huquqi mulk egasi qo’lida qoladi, ammo ulardan ma’lum muddatda foydalanish huquqi xaridorga o’tadi. I.i.b.da avval ulardan foydalanib, so’ngra ularni to’la-to’kis sotib olish yuzasidan ham bitimlar tuziladi. I.i.b. fan-texnika ta-raqqiyotining muhim omili hisoblanadi.