ILOILO
ILOILO — Filippindagi shahar. Iloilo provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 366 ming kishi (2000). Panay orolining Janiy-g’arbiy sohilidagi port. Shakar eksport qiladigan markazlardan. Kema remonti, oziq-ovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari bor. 16-17-asrlarga oid (Ispaniya mustamlakachiligi davridagi) me’moriy yodgorliklar saqlangan.