Ilonlar harakatiga nazar solganingizda, birinchi navbatda ikki narsadan hayron qolasiz. Birinchisi, u qanday harakatlanadi: oyoqlari ko’rinmaydi, uning tanasini hech narsa oldinga surayotgani ham, tortayotgani ham yo’q — baribir harakat qilmoqda! Ikkinchisi, ilon tanasi yer bo’ylab suzib boradi, go’yo suyaksizday! Shunga qaramay ilonning suyagi ko’p, bu aniqlangan! Ilonlar qovurg’asi birikkan ulama umurtqaga ega. Ayrim ilonlarning egiluvchan umurtqasiga 145 juftgacha hqovurg’a birikadi. Umurtqa pog’onalari bir-biriga o’ziga xos sharnirli birikmalar bilan birikadi, har bir bo’g’inga qovurg’alarning erkin harakat qilishiga imkon beradi. Har bir juft qovurg’aning uchi, o’z navbatida, ilon qornidagi lappak (tangachalar) mushaklarining bittasi bilan ulanadi. Ilonlarning boshi va jag’larida suyagi bor. Ovqatlanayotgan payti ilon o’z jag’larini keng ochishi mumkin, chunki og’iz va tomoq suyaklari qattiq birikmagan. Ochig’ini aytsak, ilonlar o’z o’ljasini o’ldirmasdan turib ham yutib yuboraveradi. Ular o’ljasini tiriklay hazm hqiladi. Ilonlarning silliq tanasi qandaydir qattiq o’zakka birikmaganday tuyulgani bilan ularning suyagi mavjud.
Baliqchilik nimani anglatishini bilasizmi
Baliqchi nimani anglatishini bilasizmi
Baliq uni nimani anglatishini bilasizmi
Baliqko’z nimani anglatishini bilasizmi
Baliq nimani anglatishini bilasizmi
Balans nimani anglatishini bilasizmi
Bakterioz nimani anglatishini bilasizmi
Bakteriolog nimani anglatishini bilasizmi
Bakteriya nimani anglatishini bilasizmi

