Iloq

Iloq-hozirgi Toshkent viloyatining janubida, Ohangaron daryosi vohasida joylashgan qadimgi davlat XIII asr boshlarigacha Iloq deb atalgan. Poytaxti Tunkat shahri bo’lgan. Ilk o’rta asrlarda mustaqil davlatga aylangan. Iloq hukmdorlari “Iloq dehqonlari” unvoni bilan yuritilgan va katta iqtisodiy hamda siyosiy kuchga ega bo’lganlar. Poytaxt shaharda tanga pul chiqaradigan davlat zarbxonasi bo’lgan. X asr oxirlarida Iloq Qoraxoniylar davlat tarkibiga kirgan. Chingizxon istilosidan so’ng Iloq yerlari jaloyirlar qabilasi tasarrufiga o’tgan.