Iloqiy Sharafutdin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf

Iloqiy Sharafutdin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf (?, Iloq — 1068) — o’rtaosiyolik tabib, Ibn Sinoning shogirdlaridan. Buxoroda ta’lim olgan. Tib va tib tarixiga oid “Kulliyoti tibbi Iloqiy” (“Iloqiy ta- bobati haqidagi risolalar to’plami”), “Fusul Iloqiy Fi kulliyot tibb” (“ta- bobat xaqidagi risolalar to’plamida Iloqiy boblari”), “muolajati Iloqiy” (“Iloqiyning davo usullari”), “mux- tasari Iloqiy” (“Iloqiy Muxtasari”) kabi asarlar yozgan. “Kitob ul-asbob va- l-alomot” (“sabablar va belgilar haqida kitob”) asarida turli kasalliklarning kelib chiqishi, sabablari, belgilari, ularni aniqlash va davolash usulla- ri baei ztilgan. Buasarning qo’lyozmasi Bayrut va Iskandariya ku-tubxonalarida saqlanadi. I.ningasarlari o’z davrida tabiblar uchun muhim qo’llanma bo’lgan. Hind olimi Muhammad A’zamxon chash- tiy tabobatga oid “Iksiri A’zam” (“A’- zam obi hayoti”) asarini yozishda I. asar- laridan foydalangan.