Ilyos

Ilyos-aynan: “Mening tangrim Yeliyaxin (Yaxyo)”. Allohning kuchi, qudrati yoki xalqlarning sevimlisi, kishilar qadrlovchi, e’zozlovchi odam. Obihayot ichib Xizr kabi mangu tirik deb faraz qilinadigan payg’ambarning nomi. Quruqda Xizr bo’lsa, suvlikda Ilyos kishilarning madadkori, hamrohi deb hisoblanadi. Alloh taoloning payg’ambarlaridan biri, nasabi Ibrohim alayhissalomga borib yetadi.