Imom
Imom-arabcha so’z bo’lib, namozda jamoatning oldida turib namozni boshqaruvchi kishi. Shuningdek, islom dinida musulmonlarning rahbari, boshlig’i demakdir. Imom atamasi nihoyatda keng mazmunli bo’lib, quyidagi ma’nolarda ishlatilgan va ishlatilmoqda: 1) sunniylikda barcha musulmonlarning oliy rahbari; 2) sunniylikda shariat mazhablarining asoschilari; 3) shialikda eng yuksak rahnamo, ya’ni Hazrati Ali va uning avlodlari; 4) sunniylikda ham, shialikda ham masjidda namozni boshqarib boruvchi dindor – masjid imomi.