IMOM RIZO ANSAMBLI
IMOM RIZO ANSAMBLI – mashhad (Eron)dagi me’moriy yodgorliklar majmui (12-19-asrlar). Ansambl eski hovli, Alisher Navoiy ayvoni, yangi hovli, Imom Rizo maqbarasi, Gavharshod begim masjidi, madrasa, kutubxona, karvonsaroy va boshqalardan iborat. Ansambl 2 marta qayta qurilgan. Markazida shialarning 8-imomi Ali ibn Muso ar- Rizo maqbarasi joylashgan (9-asrda bunyod etilib, 12-asrda Oljeytu sultoni hukmronligi davrida gumbazi qayta tiklangan). Maqbarani bezatish uchun katta mablag’ sarflangan. Maqbara ulug’vorligi jihatidan Samarkand va Hirot (14-15- asrlar) maqbaralari bilan tenglashadi. 4 hovlidagi katta ayvonlar [Janubiy-g’arbiy qismi (uzunligi 46 metr) A. Navoiy boshchiligida 15-asr oxirida qayta qurilgan va o’z ko’rinishini o’zgartirgan], Shoh Abbos II ayvoni (1649), Gavharshod begim sharafiga qurilgan masjid joylashgan va u eshik orqali maqbara bilan bog’langan. Ansamblning devor va gumbazlari koshinlar, naqshli lavhalar, izorasi Marmar va zarhallar bilan qoplangan.