IMPERATOR SAROYI
IMPERATOR SAROYI, yopiq shahar — Pekin (Xitoy)dagi me’moriy Yodgorlik. Ma’muriy binolar, turar joy, ibodatxona, bog’-parklardan iborat majmua shaharning Markaziy qismida joylashgan. Imperator saroyi qurilishi 15-asrning 1-yarmida boshlangan. Imperator qarorgohi (tarhi 960×750 metr) — Janubda Vaygao (tashqi Palata) va shimolda Neytin (ichki xonadon) atrofi to’q qizil g’ishtin devor (balandligi 10 metr) bilan o’ralib, burchaklariga minora ishlangan. Devorning 4 darvozasi bor (bosh darvozasi — Umin). Tayxemin va Umin darvozalari oralig’ida Szin-sho’yxe (oltin suv kuli) kanali ustiga oq Mar- Mardan osma ko’prik ishlangan. Majmua markazidagi 3 katta palata — Tayxedyan (1421, 1697da ta’mirlangan), Chjunxe- Dyan va Baoxedyan (15-asr, 17-18-asrlarda qayta qurilgan), 3 ko’shk va boshqa anfilada (bir-biriga tutash xonalar qatori) shaklida barpo etilgan. Tayxedyan ko’shki o’rtasidagi katta zal (maydoni 2300 m2) da imperator taxti o’rnatilgan. Murakkab o’yma naqshlar bilan bezatilgan. Imperator saroyi 1914 yildan muzey shahar hisoblanadi. Unda Xitoy san’atining boy kollektsiyasi, rasmlar galereyasi, qimmatbaho badiiy hunarmandlik, haykaltaroshlik va boshqa san’at namunalari saqlangan.