Imperializm

Imperializm (Frans. imperialisme) — keng ma’noda hududlarni bosib olishga, qaram qilishga, boshqa davlatlar ustidan siyosiy yoki iqtisodiy nazorat o’rnatishga qaratilgan davlat siyosati. U bir davlatning o’z hokimiyatini boshqa davlat hududida iqti-sodiy va siyosiy foyda olish maqsadida qaram aholini, asosan, harbiy vositalar yordamida ezish hisobiga amalga oshirishini an- glatadi. Imperiya, aslida, bosib olish va hukmronlik qilishning, davlatlar o’rtasidagi siyosiy raqobatning qad. shakli hisoblanadi. I. termini 19-a. 2-yarmida ingliz iqtisodchi olimi J. Gobsonning “imperializm” nomli ki- tobi (1902) chiqqanidan sung, ayniqsa, keng tarqaldi va I.ga nisbatan bir- biridan keskin farq qiluvchi fikrlar paydo bo’ldi. Liberalizm yunalishidagi olimlar (jumladan, nemis iqtisodchisi Y. A. Shumpeter) fikricha, Evropa mam- lakatlarining 19-a.dagi imperialistik ekspansiyasi kapitalistik taraqqiyot va raqobatning xususiyati emas edi, aksincha, u kapitalizmning siyosiy va iqtisodiy mohiyatiga zid bo’lgan. Shu ma’noda I. mutlaq monarxiyalar davridagi mili- taristik millatchilikning oqibati hisoblanadi. Radikal yo’nalishdagi olimlar va siyo-satchilar (jumladan, V. I. Lenin) I.ni kapitalizmning oliy va so’nggi bosqichi deya baholab, moliya kapitali huk-mronligi, iqtisodning ichki inqiro-ziga javob tariqasida chet- ga kapital chiqarish, xalqaro trestlar- ning o’sishi va er yuzining kapitalistik davlatlar tomonidan taqsimlab olini- shi b-n bog’lab tushuntirmoqchi bo’ladi. Bu fikrning xatoligini isbotlovchi na-zariyotchilarning ta’kidlashicha, I., birinchidan, tarixan kapitalizmdan ol- din keladi, ikkinchidan, imperialistik davlatlar o’rtasidagi raqobat, avvalo, iqtisodiy emas, balki siyosiy sabablar b-n bog’liqdir.