Improvizatsiya
Improvizatsiya (lot. improvises — kutilmagan, bexosdan) — she’r, mu- siqa va b.ni oldindan tayyorgarliksiz, ijro davomida ijod etish; aktyor o’yi- nida bexosdan paydo bo’ladigan Ilhom, ijodiy fantaziya, ruhiy ko’tarinkilik, fikr, so’z, ohang va tasvirning erkinli- gi. Aktyor o’yinidagi I. ijro etilayotgan rolni jonlantiradi, unga yangi ma’no beradi. Qad. xalq teatri aktyorlari — skomoroxlar, mimlar, bizda masxaraboz va qiziqchilar, ay-niqsa, italyan xalq komediya teatri (“Del Arte”) aktyorlari- ning o’yinida I. asosiy o’rin egallagan. O’zbek aktyorlaridan Hoji Siddiq Mslo- mov, Soyib Xo’jaev, G’ani A’zamov kabi aktyorlar ijodida I. muhim rol o’ynagan (yana q. Badiha). Musiqada I.ning ikki asosiy turi mavjud. An’anaviy (og’zaki an’anadagi) musiqada, shu jumladan, o’zbek musiqa merosida muayyan kuyni I. tar-zida talqin etish — musika ijrosining asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. Bunda sozanda yoki xonanda turli musika bezak (melizm)laridan mohirona foyda- lanadi, yangi ohang ibo-ra va jumlalari- ni ustalik b-n kiri-tadi, avj yoki jo’r ovozlarni o’zgartirish kabi usullardan foydalanadi. Ikkinchi turi — I. US- lubida yangi musika asari (yoki ma’lum qismini, mas, kadentsiya)II yaratishdir. Kompozitorlik ijodida I. shakllari 16-17-a.larda rivoj topib, ayniqsa 19-a.da (belkanto san’atida, virtuoz musiqasida) uz cho’qqisiga ko’tarilgan. Jaz musiqasida I. asosiy o’rin tutadi. O’zbek sozandalaridan A. Abdurashi- dov, A. Ismo-ilov, q. Dadaev va b. I.dan mohirona foydalanishadi.