Impuls
Impuls (lot. impulsus — zar- ba, turt-ki) — 1) mexanikada — me- xanik harakat o’lchovi; moddiy nuqta deb hisoblanishi mumkin bo’lgan jism massasi t ni uning harakat tezligi v ga ko’paytmasiga teng bo’lgan kattalik: R= mv. Har qanday qattiq jismni N ta moddiy nuqtadan iborat deb qaraladi. Qattiq jismning I.i uni tashkil etuv- chi moddiy nuqtalar I.larining vektor yig’indisiga teng. Tashqaridan G’kuch ta’sir etayotganida jism I. i ham son qiymati bo’yicha, ham yo’nalishi bo’yicha o’zgarishi mumkin. 2) To’lqin I. — elektromagnit to’lqinlari ham I.ga ega ekanligi, mas, yorug’lik nurlarining to’siqqa bo- sim ko’rsatishi orqali namoyon bo’ladi. Yorug’lik zarrasi — fotonning tinchlik- dagi massasi ty bo’lmaydi, ya’ni u tinch holatda mavjud bo’la olmaydi, paydo bo’lgan ondayoq tezlik s b-n harakatlana boshlaydi. 3) Kuch I.i — kuchning biror vakt ichidagi ta’sir o’lchami; kuchning o’rtacha qiymati G’.r ni shu kuch ta’sir etgan vaqt t ga ko’paytmasiga teng. 4) Elektr I.i — tok kuchi yoki kuchla- nishining qisqa vaqtli o’zgarishi.