Imtiyozlar
Imtiyozlar — muayyan sabablar- ga ko’ra yuridik va jismoniy shaxslar- ga beriladigan afzallik. I. davlat qonunlari va b. qonun xujjatlariga binoan — fuqarolarga, shuningdek, ja- moat birlashmalari tomonidan ma’mu- riyat qaroriga muvofiq — uning a’zola- riga tayinlanishi mumkin. I. berilgan shaxs belgilangan qoidalardan istis- no tariqasida muayyan majburiyatlar- ni bajarishdan to’la yoki qisman ozod qilinadi yoxud ularni bajarish soqasida muayyan qulayliklardan foydalanadi. Soliq, pensiya ta’minoti, kommunal- maishiy xizmatlar uchun to’lovlar kabi sohalardagi I. davlat tomonidan belgi- lanadi. I. qonun xujjatlari b-n belgi- langan taqdirda uning foydalanuvchilar doirasi, foydalanish shartlari, tartib kridalari, yuzaga kelish va tugatilish asoslari ko’rsatiladi. I. yuridik shax- slarga ham (mas, soliqlar to’lashdan bu- tunlay yoki ma’lum muddatga, to’la yoxud qisman ozod qilish, imtiyozli shartlar- da kredit b-n ta’minlash borasida va h. k.), jismoniy shaxslarga ham berilishi mumkin. I. tayinlashda fukarolarning teng xuquqliligi va adolat tamoyil- lariga qat’iy amal qilinadi. Qonunda ko’zda tutilmagan I. berilishiga va qonuniy imtiyozlardan foydalanishda monelik qilinishiga yo’l ko’yilmaydi. O’zbekistonda davlat tomonidan I.lar tayinlashga oid qonun-qoidalar mehnat kodeksining 224-238 – va 248— 258-mod- dalarida belgilab qo’yilgan.