IMTIYOZLI AKTSIYA
IMTIYOZLI AKTSIYA – dividend olingan foydaga qarab emas, balki oldindan belgilangan qat’iy foizlarda beriladigan aktsiya. Lekin bunday aktsiya egasi aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishida ovoz berish xuquqiga ega bo’lmaydi. Bunday aktsiyalar, qoidaga ko’ra, aktsiyadorlik jamiyati Nizom jamg’armasining 10% idan ortiq chiqarilishi mumkin emas. Jamiyat, birinchi navbatda, Imtiyozli aktsiya egalari bilan hisob-kitob qilganidan keyin qolgan mablag’ oddiy aktsiya egalari ga taqsimlanadi. Aktsiyalar egasining o’zida yoki depozitariylarda saqlanadi. Masalan, 1995 yilda “vaqt” milliy depozitariysida 2040 aktsiyadorlik jamiyatlarining umumiy nominal miqdori 4 milliard so’mlik aktsiyalari saqlangan.