INDIVIDUAL HIMOYA VOSITALARI

INDIVIDUAL HIMOYA VOSITALARI, shaxsiy qimoya vositalari — kishilar (armiyada — shaxsiy tarkib) ni zaharli radioaktiv moddalar va biologic vositalardan himoya qilish hamda yadro quroli portlaganda paydo bo’ladigan yorug’lik nurlanishidan shikastlanishni kamaytirish uchun mo’ljallangan vosita- lar majmui. Ularga filtrlovchi va izo- lyasiyalovchi protivogazlar (gazniqoblar), elkaga tashlanadigan yopinchiklar, maxsus modda shimdirilgan paypokdar, kiyim- boshlar, kombinezonlar, rezina etiklar, qo’lqoplar kiradi. Armiyada — umumiy qo’shin himoya to’plami ham mavjud. I. h. v.ning qaysinisidan foydalanish zarurligi atrof muhit va havoning zaharlanganlik darajasiga, kishi- lar (shaxsiy tarkib) ning vazifasiga qarab aniqlanadi (q. Ommaviy qirg’in qurollaridan himoyalanish).