Indonez tili

Indonez tili — indonezlar tili. Indoneziya Respublikasining ras- miy tili. Malayyapolineziya tillari indonez shoxobchasi Sumatra guruhiga kiradi. I. t. nomi Indoneziya Respubli- kasi tashkil topgandan sung Malayya tili urnida qullana boshladi (1945). I. t. Malayya tili asosida rivojlana boshlay- Di va undan leksikasi xamda morfolo- giyasiga kura farq qiladi. Bu tilga oid qad. yodgorliklar (7-a.) Sumatra o. dan topilgan. 3-a. dan to 20-a. 30-y. larigacha Malayya tili kabilala-raro va orollara- ro aloqa tili vazifasini utagan. Bu til o’z tarixiy ta-raqqiyoti mobaynida turli alifbolardan tuzilgan yozuvga ega bo’lgan. 13-a. gacha devanagari alifbosidagi, 14— 19-a. larda bir necha harf qo’shib Arab grafikasiga asoslangan alifbo- dagi yozuvdan foydalanilgan. 19-a. bosh- laridan lotin grafikasiga asoslangan alifbodagi yozuvga ega. Rivojlanish ja- rayonida bu til lug’ati Xitoy,,sanskrit, Arab, golland va b. hamda qardosh (Yava, sundan, minan-Kuba va b.) tillardan o’zlashtirilgan so’zlar hisobiga boyib boradi. Fonetik tarkibi 6 unli, 4 dif- tong va 18 undoshdan iborat; undoshlar jarangli va jarangsizga bo’linadi.