INDUKSIYA

INDUKSIYA — ko’plab xususiy faktlarni umumlashtirib, ular asosida umumiy xulosaga kelish. Masalan, Oliy Majlis deputatlarining ijtimoiy kelib chiqishi, lavozimi, ta‘lim darajasi va h.k. singari biografik ma‘lumotlarini umumlashtirish va turkumlash orqali jamiyatimizdagi qaysi ijtimoiy qatlamlar yoki ijtimoiy-guruhlarning faol, qaysilari siyosiy jihatdan, ya‘ni hokimiyatga intilish jihatdan sustligi to’g’risidagi umumiy xulosaga kelishimiz mumkin.