INDUKTOR
INDUKTOR (lotincha induco — kiritaman, uyg’otaman) — 1) qizdirish Induktori — qagtiq, suyuq va gazsimon o’tkazgichlarni induktsion qizdiradigan qurilma. O’zgaruvchan magnit maydon hosil qiluvchi induktsiyalovchi simdan va qurilmaga elektr toki keltiruvchi tok o’tkazgichdan iborat; 2) telefon Induktori — dastaki ishlatiladigan past (18 — 21 Gts) chastotali o’zgaruvchan elektr tokida ishlaydigan magnito-elektr generator. Induktorning aylanuvchi chulg’amdan va ikki qo’zg’almas to’g’ri burchakli doimiy magnitdan iborat; qo’zg’almas chulg’am va aylanuvchi ko’p qutbli halqasimon magnitdan iborat xillari bor. Induktor harbiy va qishloq telefon aloqada, mahalliy batareyalarda ishlaydigan telefon tarmoqlarida qo’llaniladi; 3) elektr mashina Induktori — mashinaning uyg’otish chulg’ami qismi.