INDUKTOTERMIYA

INDUKTOTERMIYA (lotincha induction -kiritmoq va Yunoncha therme — issiq) — elektr bilan davolash usullaridan; bunda bemor badanining muayyan joyiga yuqori chastotali (10-40 MGs) o’zgaruvchan tok bilan ta’sir etiladi. Induktotermiya Maxsus Dkv- 2 apparatida o’tkaziladi. Yallig’lanish bilan kechadigan, shuningdek, nerv-qon tomir kasalliklarining o’rtacha o’tkir yoki surunkali xillarini davolashda qo’llanadi.