Infarkt
Infarkt (lot. infarctus — to’ldiraman, tiqishtiraman) — to’satdan qon aylani- shining buzilishi natijasida nekroz- Tya. uchragan (o’lgan) a’zo yoki to’qimaning biror qismi. Arteriyalarning uzoq vaqt qisilishi, gipoksiya yoki unga tromb, em- bol (q. Emboliya) tiqilib qolishi I.ga sabab bo’ladi. I. deyarli barcha a’zolar (yurak, o’pka, buyrak, taloq, ichaklar, bosh miya va b.)da ku-zatiladi. Kasallikning klinik belgilari va og’ir-engilligiga qarab (ko’proq zararlangan tomirning katta-kichikligiga bog’liq) I. qaerda ekanligi (o’rni) aniqlanadi. Hayot uchun muhim a’zolarning yirik tomirlariga bir necha daqiqa qon etib kelmasligi og’ir o’tib, hatto o’limga olib kelishi mumkin. I.da dastlab gipoksiya, keyinroq nekroz o’rnida biriktiruvchi to’qima rivojlanib chandiqqa aylanadi. Davo kasalxona sharoitida tromb va embolii bartaraf etish, zararlangan a’- zoning qon oqimini izga solish va fao- liyatini tiklashdan iborat.