Infiltrat
Infiltrat (lot. in — ichiga va fi ltratus — sizilib to’plangan) — Pa – tologik jarayon; odam va hayvon orga- nizmida, asosan, yallig’lanish ro’y bergan joyda a’zo yoki to’qima atrofida qon va limfa aralash hujayra elementlarining to’planishi. Kelib chiqishi, tarkibi va h. k.ga ko’ra, I.ning bir necha turi farq qilinadi. Ko’proq o’sma hujayralaridan iborat o’sma I.i yoki yalliklanish I.lari vujudga keladi. Yallig’lanish infiltra- ti leykositlar, eritrositlar, limfoid hujayralar oz-ko’pligiga qarab yiring- li, Ge-morragik, yumaloq, hujayrali va b. I.lar ajratiladi. Yallig’lanish in- filtrati o’z vaqtida to’g’ri davolan-sa, butunlay shimilib ketishi, aks holda Yi- ringlanib ko’pgina noxushliklarga olib kelishi mumkin. Xirurgiya amaliyotida og’riqsizlantirish maqsadida qilingan muolaja natijasida to’qimalarning qisqa vaqt zichlashib qattiklanishi ham I. deb ataladi.