INFLYATSIYA
INFLYATSIYA (lot. shishish, ko’pchish, ko’tarilish) – mamlakatda muomalada yurgan qog’oz pul miqdorining xo’jalik muomalasi ehtiyojlaridan ortiq darajada oshib ketishi. Pulning qadrsizlanishi. Inflyatsiya quyidagi turlarga bo’linadi: 1. Biror omil tufayli kelib chiqqan inflyatsiya. 2. Kredit inflyatsiyasi – kredit ajratishning haddan ortiq kengayishi tufayli kelib chiqadi. 3. Sudraluvchan inflyatsiya – sekinlik bilan rivojlanib boradi. 4. Sakrovchan inflyatsiya – tez sur’atda rivojlanib boradi. 5. Ma’muriy inflyatsiya – narx-navoni ma’muriy tarzda boshqarish oqibatida yuzaga keladi. 6. Ijtimoiy inflyatsiya – mahsulot sifatiga, atrof-muhit muhofazasiga bo’lgan yangi ijtimoiy talablarning paydo bo’lishi oqibatidagi chiqimlarning o’sishi ta’sirida narx-navoning o’sishini yuzaga keltiradi. Bunday holat xo’jalik yuritish borasidagi qiyinchiliklarni bartaraf qilish davrida, mahsulot ishlab chiqarish kamaygan hollarda qo’shimcha pul chop etish natijasida yuzaga keladi.