INFRAQIZIL QIZDIRISH

INFRAQIZIL QIZDIRISH – materiallarni elektromagnit nurlar (to’lqin uz. 1,3 — 4 MK/m li infraqizil nurlar) yordamida qizdirish. Material- larning bu nurlardan ma’lum qismini yutish xossasiga asoslangan. I. q. da ener- giya manbai sifatida infraqizil nur AJ- ratadigan trubali elektr qizdirgichlar, ko’zguli quritish lampalari, volfram spiralli elektr qizdirgichlar ishlati- ladi. Manbalarning qizish darajasiga qarab, ular past (700° gacha), o’rta (700— 1500°) va yuqori (1500° dan ortiq) trail xillarga bo’linadi. I. q. qurilmalari kamera, tunnel yoki qalpoq tarzida tay- yorlanadi; ularning shakli va ulchamlari qizdiriladigan buyumga moslab tanla- nadi. I. q. lok-bo’yoq materiallarni, sab- zavot, mevalarni quritishda, kauchukni vulkanizasiya qilishda, termoplastik ma- teriallarga shakl berish oldidan ularni qizdirish va b. maqsadlarda qo’llanadi.