Ingichka ichak
Ingichka ichak – odam va umurtqa li hayvonlar ichagining bir qismi; me’- da b-n yo’g’on ichak oralig’ida joylash- gan. I. i. hazm yo’lining eng uzun qismi; u me’daning oxirgi chiqish qismidan boshlanib, yo’g’on ichakning boshlang’ich qismigacha davom etadi; uz. 5-6 m. I. i. o’nikki barmoqichak, och ichak va yon- bosh ichakdan iborat. O’n ikki barmoq ichak I. i.ning boshlang’ich qismi bo’lib, uz. 25-30 sm (taxm. 12 barmoq enicha), shakli taqaga o’xshash. O’n ikki barmoq ichakdan och ichak boshlanib, I. i.ning 2/5 qismini tashkil etadi. Och ichak yonbosh ichakka ulanib ketadi: u I. i.ning 3/5 qismiga teng. I. i.devorlari seroz, seroz osti, muskul, shilliq parda osti va shil- lik, pardadan iborat. Shilliq parda I. i.ning eng ichki qavati bo’lib, burmalar hosil qilib joylashgan. Uning yuzasi juda ko’p vor-sinkalar b-n qoplangan; vorsinkalarda limfa va qon tomirlar hamda nervlar bor. I. i.ning bu kava- tida 4 mln. ga yaqin so’rg’ichlar mavjud. Ovqat bo’tqasi me’dadan o’n ikki barmoq ichakka o’tgach, me’da osti bezi shirasi, jigardan ajralgan o’t va ichak shiralari b-n aralashib shimilishga tayyor bo’ladi va so’rg’ichlar orqali qonga so’riladi. I. i.ning hamma qismida ichak shira- si ishlab chiqaradigan bezlar bo’lib, ular ovqat parchalanishida muhim rol o’ynaydi. I. i.ning o’n ikki barmoqichak qismi qorin devorining orqasida I— III bel umurtqalari qarshisida joylashgan. Unga asosiy hazm bezlarining yo’llari, jigar va o’t pufagining o’t yo’llari, me’- da osti bezining shira chiqarish yo’li ochiladi. Och va yonbosh ichak bo’shlig’ining Markaziy qismini egallaydi va bir ti- lay qovuzloqlar hosil qiladi.