INGUSH TILI

INGUSH TILI — jgushlar tili. Iber-Kavkaz tillarinit nax guruhiga mansub. Bu tilda so’zlashuvchilarning asosiy qismi Ingushiya Respublikasida istiqomat qiladi. Ingush tili chechen tilita yaqin turadi, unda taxminan 237 ming kishi so’zlashadi (1992). Adabiy til Ingushiyaning tekislik qismida yashovchi aholining so’zlashuv tili asosida shakllangan. Ingush tilida portlovchi, bo’g’izda hosil bo’ladigan undosh va unli tovushlar ko’p. Grammatik qurilishi o’ziga xos bo’lib, grammatik sinflar (6 ta), ergativ tuzilmalar bor, shaxslar bo’yicha tuslanish yo’q. Ko’p kelishikli turlanish mavjud. Fe’llar zamonda, mayl, sonda o’zgaradi. Ingush tili lug’at tarkibida Arab, turkiy, fors, rus tillaridan o’zlashgan so’zlar ko’p. 20- asr boshlarigacha yozuv bo’lmagan, hozirgi yozuvi kirill alifbosi asosida.