In’ikos

In’ikos (falsafada) —ob’ekt- larning o’zaro ta’siri natijasida modda, energiya va axborot almashishi jarayoni. I. ning eng sodda shakli mexanik o’zaro ta’sirdir. Mas, tuproqda yotgan tosh tuproqda o’z izini qoddiradi. Jonli or- ganizmlarda I. ning mu-rakkabroq turi — ta’sirlanish hodisasi sodir bo’ladi. Mac, yomg’ir chuvalchangiga issiq jismni tekkiz-sangiz, issiqlik haqidagi in- formasiya (axborot) chuvalchangga ta’sir qiladi va buning oqibatida chuvalchang tanasini issiqlikdan olib qochadi. Bu oddiy himoyalanish refleksidir. Mu- rakkab jonli organizmlarda psixik I. ro’y beradi. Bu I. ning oliy shakli- dir. Odamlar orasida esa so’zlar orqali fikr almashish hodisasiga asoslan- gan ijtimoiy I. mavjud. Ijtimoiy guruhlarning o’zaro ta’siri oqibatida ijtimoiy I. ning murakkab shakllari namoyon bo’ladi. I. murakkab fizik, kimyoviy, biolo- gik, psixik va ijtimoiy jarayon bo’lib, bu jarayonda ishtirok etuvchilar o’rtasida modda, energiya va axborot almashinish hodisasi ro’y beradi. Borliqning tuzilish holatiga mos ravishda I. ham turli xil bo’ladi. Noor- ganik holatda mexanik, fizik va kimyo- viy I. turlari uchrasa, organik holatda esa biologik I. ta’sirlanish, murakkab reflektiv jarayonlar, in-stinktlar, irsiy o’zgarishlar ko’ri-Nishida na- moyon bo’ladi. Ijtimoiy holatda esa insonning ruhiy, ijodiy, intellek- tual faoliyati b-n bog’liq bo’lgan ja- moaviy xattiharakatlarida, ijtimoiy o’zgarishlarda, umumbashariy miqyosidagi muammolarning vujudga kelishi shakli- da ro’y beradi. Mas, hozirgi zamonda bu- tun sayyoramiz mikyosida vujudga kelgan ekologik vaziyat ham jamiyat faoliyati- ning tabiatdagi I. idir. Sharq falsafasidagi inson o’zining har bir noo’rin xattiharakatlari uchun qaysidir bir paytda javob berishi muqarrar ekanligi haqidagi hikmatli ran “har qanday ta’sir o’zining aks ta’- siriga egadir” degan ma’noni beradi. I. ning oniy, bir lahzali, davomiy, uzoq muddatli va zanjirli kechuvchi tur- lari bor. Baxtiyor To’raev.