Injektor

Injektor (Frans. injecreur, lot. injicio — tashlayman) — gaz va bug’ni qisish, suyuklikni turli apparatlar va idishlarga haydash uchun mo’ljallangan nasos. Ishi bug’oqimi kinetik ener- giyasini suvning potentsial energiya- siga aylantirishga asoslangan. I. da harakatlanuvchi qismlar bo’lmaydi, tu- zilishi sodda. I., asosan, bir o’kda joylashgan 3 ko- nus: but soplosi, aralashtirgich (konfu- zor) va bosim beruvchi diffuzordan ibo- rat (rasm). Qozondan kelgan bug’soplodan o’tadi, aralashtirish kamerasida konden- satlanib, bo’shliq (vakuum) hosil qiladi. Suv ta’minlash trubasi orqali aralash- tirish kamerasiga kiradi. Diffuzorda suv va bug kondensati aralashmasining harakatlanishi natijasida bosim hosil bo’ladi. Suv diffuzordan teskari kla- Pan orqali qozonga kiradi. I. ga ki- radigan suv t-rasi 40° dan, so’rish bal. 2,5 m dan oshmasligi kerak. Gaz, bug’yoki suyuqlikni so’rish uchun mo’ljallangan I. ejektor deb ataladi. I. parovoz, Lokomo- bil va kichik qozon qurilmalarda suvni bug qozoniga hay-dashda qo’llaniladi.