Inkubasiya
Inkubasiya — (lot. incubatio — tuxum bosish) — 1) parrandachilikda — inkubatorlarda parranda tuxumidan jo’ja ochirish. Misr va Sharqiy Osiyoda qadimdan, Evropada 14-a.dan ma’lum. 19- a. oxiri — 20-a. boshlaridan Evropa va AQShda amalda keng qo’llanildi, 20-a. ning o’rtalaridan uy parrandalarini kupaytirishning asosiy usuliga aylan- Di. Hoz. zamonaviy parrandachilikda yil bo’yi davom etadi. Uy parrandalarining hamma turlari tuxumlaridan I. yo’li b-n jo’ja ochirish mumkin. Asosan, inkuba- torparrandachilik st-yalarida, parran- dachilik f-kalari, shuningdek, xonadon- larda I.dan foydalaniladi. Urug’langan, nuqsonsiz, serpusht parran-dadan olin- gan 5-8 sutkalik va 8-12° haroratda saklangan, toza, usti silliq, ovoskopda tekshirilgan tuxumlar I. uchun yarokli bo’ladi. Serpusht zot tovuq tuxumining inkubasion muddati 21 kun, go’shtdor zotlari uchun 21,5 kun, kurka va o’rdak tuxuminiki 27— 28 kun, g’ozlarniki 28,5—30 kun, be-dananiki 17 kun. Tovuq va kurkalar tu-xumi havo harorati 37,5—37,6°, nisbiy namligi 48-52% da I. qilinadi. I. rejimi omillari aso- san, inkubatorlarda havoning harorati, namligi va almashinib turishi hamda vaqt-vaqti b-n tuxumlarni aylanti- rib turishdan iborat; 2) baliqchilikda — urug’langan baliq tuxumini chavoq chiqishiga qadar suv havzasi yoki inkuba- tsiya apparatlarida saklash. Bahorda tu- xum qo’yadigan baliqlar uvildirig’i I.si bir necha sutka, kuzda tuxum qo’yadigan baliqlar uvildirig’i I.si bir necha oy davom etadi. Tuxumdan chiqqan chavoqlar maxsus havza yoki hovuzlarda boqiladi. Baliqchilik z-dlarida I. apparatlari- dan foydalaniladi; 3) pillachilikda — tut ipak qurti tuxumidan pilla qurti chiqarish (q. Ipak qurti tuxumi inkuba- tsiyasi). Sayfiddin Azimov.