Inkubator
Inkubator (lot. incubo — tuxum bosaman, bola ochiraman) — parrandalar (tovuq, o’rdak, kurka, g’oz va b.) tuxumi- dan jo’ja ochirish apparati. Tu-zilishi murakkab bo’lib, issiklik va namlikni boshqaradigan asboblar va tuxumlarni aylantirib turadigan mos-lamalar b-n uskunalangan. I.da qo’yilgan sifatli tuxumdan 80-85% jo’ja ochib chiqarish mumkin. Yilning hamma faslida I.lar qo’yilgan xonalarda havo harorati 27° dan ortiq bo’lmasligi lozim. Uning sek- tsiyali, xonachali, javonli xillari bor. Xonadonlarda ishlatiladigan oddiy I.lar 60-120 dona va undan ko’p, par- randachilik f-kalarida qo’llaniladigan I.lar 55 ming gacha va undan ortiq tuxum- ga mo’ljallangan (“Universal-55”, IKP- 90, “Kavkaz” inkubatorlari). Bularda, asosan, tovuq, kurka va tsesarka tuxumla- ridan jo’ja ochiriladi. I.ga 3-4 kunda bir xildagi tuxumlar joylab turiladi, tuxumlar inkubasiya kamerasida 19 kun turadi, keyin jo’ja ochib chiqishi uchun maxsus jo’ja chiqarish ka-merasi (javon) ga olinadi (mas, “Universal-55” I.ida 3 ta inkubasiya va 1 ta jo’ja chiqarish kame- rasi bor). I.da harorat elektr isitkich- lar yordamida boshqarib turiladi. Havo namligini bir me’yorda saklash uchun ka- Meraning orqa devoriga sovitish siste- masi o’rna-tilgan. Har qaysi kameraning shamollatish (ventilyasiya) tizimi bor. I.lar Evropa va AQShda 19-a.da paydo bo’ldi. O’zbekistonda 20-a.ning 30-y.lari bo-shidan dastlabki parrandachilik in- kubator stantsiyalarida Rossiyada ishlab chiqarilgan I.lardan foydalanilgan. Sayfiddin Azimov.