Inoyatov Baxrom
Inoyatov Baxrom (1917, tosh- kent — 1969.18.7, Moskva) — aktyor, pedagog, birinchi o’zbek dirijyorlari- dan. O’zbekiston xalq artisti (1965). Toshkent konservatoriyasining (A. Koz- lovskiy sinfida) dirijerlik f-tini (1957) tugatgan. O’zbek davlat opera va balet teatri (1948 y.dan Navoiy teatri) da dirijyor, 1960-66 y.larda bosh diri- jyor. 1960 y.dan Toshkent konservatori- yasida dars bergan. Dastlab “Oqbilak” (S. Vasilenko, 1943) baleti va “Mahmud Torobiy” (O. Chishko, 1944) operasi- ning birinchi postanovkalariga diri- jerlik qilgan. I. repertuarida chet el va o’zbek kompozitorlarining asarlari bor. “Bo’ron” (S. Vasilenko, M. Ashra- fiy, 1954), “Ulugbek” (A. Kozlovskiy, 1958), “Gulsara” (R. Glier, T. Sodiqov, 1963) operalari, “Oqqush ko’li” (P. Chay- kovskiy, 1956), “Maskarad” (L. Laputin, 1958), “Suhayl va mehr” (M. Leviev, 1968) baletlari va b. spektakllarni sahnalashtirishda faol ishtirok etgan, chet el operalarining o’zbek tiliga tar- jimasi muallifi.