INOYATOV HAMID SHAROPOVICH

INOYATOV HAMID SHAROPOVICH (1919.29.12, Buxoro – 1987.5.5, Toshkent) — tarixchi olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1973). Tarix fanlari Doktori (1958), professor (1965). O’zDUni tugatgan (1936). Toshkent xalq xo’jaligi va pedagogika institutlari, toshduda o’qituvchi va dotsent (1935— 58), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix intida shu’ba mudiri (1959-87). Inoyatovning ilmiy faoliyati 19-asrning oxiri va 20-asr boshlarida O’zbekistondagi milliy ozodlik harakati tarixiga bag’ishlangan.