INQIROZGA QARSHI MO’LJALLANGAN CHORALAR DASTURI
INQIROZGA QARSHI MO’LJALLANGAN CHORALAR DASTURI – O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 2009-2012-yillarga mo’ljallangan inqirozga qarshi ishlab chiqilgan choralar dasturi bo’lib, mazkur dasturda talabni rag’batlantirishga yo’naltirilgan bir qator moliyaviy imtiyozlar va barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlovchi chora-tabdirlar majmuyi o’z aksini topgan.