INSHO

INSHO (taxallusi; asl ismi Inshoollohxon Insho) (?, Murshidobod — 1818) — hind yozuvchisi. Urdu, hind, fors tillarida ijod qilgan. 1786 yildan Dehlidagi, so’ng Lakhnavdagi shoh saroylarida xizmat qilgan. Inshoning urdu tilida yaratgan she’riy merosi (9000 baytdan iborat) orasida qasidalar aloxida o’rin tutadi. Insho hind adabiyotida nasriy an’analarni boshlab bergan adiblardan biri. “Rani Ketki tarixi” qissasi mutlaqo o’ziga xos asardir. Inshoning fors tilida yaratgan “Daryoi latofat” (“go’zallik daryosi”) ilmiy asari urdu tili grammatikasi, stilistikasi, she’r tuzilishiga bagishlangan birinchi asardir.