INSHOOTLAR GIDRAVLIKASI
INSHOOTLAR GIDRAVLIKASI, muhandislik gidravlikasi — gi- dravlika bo’limi. Gidrotexnika insho- otlari (to’g’onlarning suv tushirmasi, suv bo’shatmasi, kanallar, novlar) dan o’tayotgan suv harakatini hisoblash na- zariyasini va shu insho-otlarning suv oqimi b-n o’zaro ta’sirini o’rganadi. Inshootlarning asosiy o’lchamlari va eng qulay shaklini aniqlash I. g. ning muhim vazifasi. I. g. da suyuklikning g’ovak muhitda harakatlanishi (filtrlani- shi), to’lqinlarning inshootlarga ta’- siri, to’g’onlar va gidrouzellar qurish vaqtida suv oqimini vaqtincha o’tkazib turish masalalari ham o’rganiladi (q. Gidromexanizasiya). I. g. da suv oqimining ko’ndalang dir- kulyasiyasini hosil qilish yo’li b-n dare o’zanlarini rostlab turishning nazariy asoslari va usullari, suvni tosh va be- ton tashlab bo’g’ish nazariya-si, hisoblash va b. muhandislik masa-lalari ishlab chiqshtadi. Unda suyukliklar mexanika- sining umumiy qonunlarini qo’llash b-n birga eksperimen-tal tadqiqotlardan ham keng foydalaniladi. Katta tezlik- dagi suv oqimini, suv oqimi aerasiya- sini, kavitasiyasinn tekshirish, yuqori bosimli inshootlarni hisoblash va b. tad-birlar I. g. ning muhim masalalari hisoblanadi. O’zbekistonda I. g. masalalari b-n irrigasiya ilmiy i.ch. birlashma- si olimlari shug’ullanadi. Unda gi- drotexnika inshootlarining maqbul konst-ruktsiyalarini yaratish va joy- lashtirish usullari ishlab chiqilgan va sug’oriladigan dehqonchilikka keng joriy qilingan, berk drenaj uchun Dre- nalarning konstruktsiyalari, vertikal drenaj quduqlari majmualari va ular- ni avtomatlashtirish vositalari ishlab chiqilgan. Sirdaryo suv havzasini Avto- matik boshqarish tizimi yaratilgan, me- liorasiyaga doir boshqa salmoqli ishlar qilingan va b.