Inson havoga qanday ko’tarilgan?
Birinchi bo’lib havoga ko’tarilgan kishilar aka-uka Mongolfelardir. Ular issiq havo sovuq havoga nisbatan yengil ekanligini kashf etdilar. Shunday ekan, havo sharini bunday havo bilan to’ldirsa bo’ladi-ku? Va shu usulda 1783 yilning 21 noyabr kuni ular o’zlari yaratgan havo sharida Parij ustida havoga ko’tarildilar. 1875 yilda professor Jak Sharl vodorod bilan to’ldirilgan havo sharini yaratdi. Ikki fransuz — Blonshar va Jefrilar — unda xuddi shu yili La-Mansh orqali uchib o’tdilar. 1852 yilda birinchi dirijabl paydo bo’ldi. U ham aslida havo shari edi, lekin ixtirochi Anri Jiffar unga urchuqsimon shakl bag’ishladi, uning osma maydonchasiga esa parrakli bug’ mashinasini o’rnatdi. Xuddi shu davrdan boshlab havo shari shamol o’yinchog’i bo’lishni tark etdi, “dirijabl” — fransuzcha so’z bo’lib, “Boshqariluvchan” degan ma’noni anglatadi. Eng katta dirijabl 1900 yilda nemis ixtirochisi Ferdinand Tseppellin tomonidan yaratildi. Uning dirijabli transport vositasi tarzida ham ishlatila boshlandi. Bu dirijabllar Ovrupo shaharlari bo’ylab muntazam havo safarlariga chiqa boshladi. Biroh dirijabllar davri ko’p o’tmay tugadi: bahaybat va beso’naqay bu apparat ancha sust harakatlanar, va turgan gapki, aeroplanlar bilan bahslasha olmas edi.