Aeropoezd qanday harakatlanadi?

Aeropoezdlar temir izlardan emas, balki faqat beton yo’llar orqali harakatlanadi. Harakatlanayotganda u havoli yostiqqa, ya’ni yo’naltiruvchi temir iz bilan poyezd asosi o’rtasidagigi yuksak bosimli havo sathiga “tayanadi”. Texnikaning rivojlanishi jarayonida asta-sekin temir yo’llar va unda harakatlanuvchi vagonlar tizimidan voz kechib boriladi. Havoli yostiqda yuruvchi poyezdga ishqalanish va g’ildiraklarning temir izga tegib taraqlashi hodisalari begonadir. AQShda “quvur-poyezd”lar loyihasi tayyorlanmoqda: havoli yostiqlar ko’tarib turgan tsilindrsimon vagonlar dumaloq tunnel devorlariga tayanadi. Bunday poyezdlarning tezligi soatiga 500 kilometrgacha etadi. Ular raketa dvigatellari bilan tortib yurgiziladi.